Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan monopoliyaga qarshi komplaens tizimi talablari ijrosini o‘rganish yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borilmoqda.
🔎 O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratiladi:
▫️ tuman hokimligida monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etilganligi;
▫️ mas’ul shaxs va uning vakolatlari belgilanganligi;
▫️ raqobat qonunchiligi buzilishi xavflari aniqlanib, xavflar xaritasi shakllantirilganligi;
▫️ davlat xaridlari, tender va auksionlarda raqobat tamoyillariga rioya etilishi;
▫️ tadbirkorlar uchun teng va adolatli sharoit yaratilishi;
▫️ manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;
▫️ raqobatni cheklashi mumkin bo‘lgan hujjat va qarorlarning oldindan tahlil qilinishi;
▫️ aniqlangan xavflarni kamaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosi;
▫️ komplaens bo‘yicha yillik hisobotlarning tayyorlanishi va ochiqligi.
⚖️ Asosiy maqsad — qonunbuzarlik sodir bo‘lgandan keyin chora ko‘rish emas, balki uning oldini olish.