Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida har chorakda, ularning o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini ta’minlash holati to‘g‘risida har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 131-modda.