35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi deputat sifatida qonunlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Rajabova Yangi yo‘l mahallasida: Xonadonlar va ko‘chalar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (22.04.2013 yildagi O‘RQ-350-son)
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tashabbusi: Uzun tumanida yosh rassomlar ko'rik-tanlovi o'tkazildi!
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tashabbusi: Uzun tumanida yosh rassomlar ko'rik-tanlovi o'tkazildi!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan tuman miqyosidagi tashkilot va muassasalarda navbatdagi amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #PF_116 #24_ta_tavsiyalar_ijrosi 🗣“Turon” mahallasida aholi muammolari va mahalla faoliyati o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengash raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradovaning saylov okrugiga qarashli “Turon” mahallasida bo‘lib, hududdagi ishlar holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
Nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining asosiy mezonlaridan biri sifatida belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud holatni har tomonlama tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalla faollarining aholi bilan bevosita ishlashi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyati yuzasidan fikr almashildi.
👥 Shuningdek, mahallada aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari ham nazorat-tahlil tadbirining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
Mazkur Farmon doirasida mahalla boshqaruvini yanada samarali tashkil etish, mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, aholi bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda hududlarda mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish borasidagi vazifalar yuzasidan mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazildi.
📋 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 mahallada aholi bilan ishlash va fuqarolar murojaatlarini o‘rganish holati;
🔹 mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 mahalla faollarining o‘zaro hamkorligi va vazifalarni bajarish samaradorligi;
🔹 hududni obodonlashtirish va rivojlantirishga qaratilgan ishlarning borishi;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash;
🔹 yoshlar va xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalarni hal etish;
🔹 aholi bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
🔹 mahalladagi muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish samaradorligi.
💬 Muloqot davomida mahalla faollarining aholiga yaqin bo‘lishi, har bir murojaat ortida inson taqdiri va manfaatlari turganini unutmaslik, muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, mahalladagi muammolarni joyida o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar oldiga masala sifatida qo‘yish, ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borish muhimligi qayd etildi.
📌 Nazorat-tahlil tadbirlarining asosiy maqsadi — kamchiliklarni aniqlash bilangina cheklanmasdan, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralarni belgilash, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish va eng muhimi, aholi manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
🤝 Kelgusida ham “Turon” mahallasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, muammolar yechimini nazoratga olish hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
🇺🇿 Aholi manfaatlari — deputatlik faoliyatining asosiy mezoni!
#XalqDeputatlari #TermizShaharKengashi #TuronMahallasi #DeputatlikNazorat #NazoratTahlil #Mahalla #24TaMuhimYonalish #MahallaBoshqaruvi