35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi deputat sifatida qonunlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Rajabova Yangi yo‘l mahallasida: Xonadonlar va ko‘chalar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (22.04.2013 yildagi O‘RQ-350-son)
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tashabbusi: Uzun tumanida yosh rassomlar ko'rik-tanlovi o'tkazildi!
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tashabbusi: Uzun tumanida yosh rassomlar ko'rik-tanlovi o'tkazildi!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan tuman miqyosidagi tashkilot va muassasalarda navbatdagi amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi.
MUXTOR ILHOMOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI MUXTOR ILHOMOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

📍 Uchtepa tumanidagi “Sharq Yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 23-“Istirohat” saylov okrugidan saylangan deputati Muxtor Ilhomovning 2026-yil ikkinchi choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan navbatdagi axborot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

📝 Yig‘ilishda Uchtepa tumani hokimligi mas’ul xodimlari, tuman Kengashi kotibiyati vakillari va deputatlari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari hamda uy-joy sohasi mutaxassislari, okrug hududidagi 17 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahalla faollari, ta’lim muassasalari rahbarlari, nuroniylar va fuqarolar ishtirok etdi.

📁 Hisobot davrida 23-“Istirohat” saylov okrugiga kiruvchi “Ibrat”, “Xondamir”, “Sharq Yulduzi”, “Beshqayrag‘och”, “Shofayiz Bog‘i”, “Sharq Guli”, “O‘tkir”, “Shoftolizor”, “Istirohat”, “Zulfizar”, “Xurshid”, “Bekobod”, “Qor Yog‘di”, “Jarbuloq”, “Degriz”, “Bog‘ichinor” hamda “Nishabariq” mahallalarida aholi bilan tizimli muloqotlar va hududiy o‘rganishlar olib borildi.

🤝 Chorak davomida okrug hududida 28 ta sayyor qabul tashkil etilib, ularda 180 nafardan ortiq fuqaro bilan bevosita muloqot o‘tkazildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan 21 ta taklif va murojaat uy-joy, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, bandlik, obodonlashtirish va boshqa masalalar bo‘yicha atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlash choralari ko‘rildi.

🔎 Shuningdek, okrug hududida saylovchilar bilan 19 marotaba turli tadbir va 12 marotaba uchrashuv tashkil etilib, 95 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul idoralarga tegishli vazifalar belgilandi va ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🔺 Deputat hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi hamda 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar samaradorligini oshirish va fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etishga qaratilgan taklif hamda mulohazalarini bildirib bordi.

📊 2026-yilning ikkinchi choragida okrug aholisidan jami 95 nafar bemor tibbiy xizmatlar bilan qamrab olindi. Ularning 75 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ambulator davolanish bo‘yicha mutaxassislar tavsiyalarini oldi. Statsionar davolanishga muhtoj bo‘lgan 20 nafar fuqaro uchun imtiyozli yo‘llanmalarni rasmiylashtirish va tegishli tibbiyot muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashildi.

🗣 Uchtepa tumani “Bekobod” mahallasidagi 109-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining uzoq yillardan buyon ta’mirtalab holatda bo‘lgan sport maydoni o‘rnida o‘quvchilar va mahalla bolalari uchun zamonaviy sport-sog‘lomlashtirish majmuasini barpo etish bo‘yicha loyiha tayyorlandi. Loyiha doirasida turli sport yo‘nalishlariga mo‘ljallangan maydonchalar yaratish hamda hudud atrofidagi devorlarni yangilash rejalashtirilgan.

📺 Deputat faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida chorak davomida ommaviy axborot vositalarida 28 marotaba chiqish qilinib, gazeta va ijtimoiy tarmoqlarda 3 ta maqola e’lon qilindi. Mazkur chiqishlarda hududiy muammolar, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, mahallalarni rivojlantirish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari yoritildi.

✅ Yig‘ilish yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni batafsil o‘rganish, zarur hollarda tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborish, aholi bilan uchrashuv va ochiq muloqotlarni tasdiqlangan reja-grafik asosida muntazam davom ettirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10