35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mustaqillik nafari va mirishkorlar shijoati: Uzun tumanida qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy sa’y-harakatlar
янв.21
Bugun, 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati: Haftalik ish rejalari belgilab olindi
янв.21
12-MAKTABDA ILK QO‘NG‘IROQ CHALINDI
янв.21
Yangi o'quv yili nishonlandi
янв.21
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — ULKAN ORZULAR SARI ILK QADAM!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI, TUMAN HOKIMI BIRINCHI QO‘NG‘IROQ TADBIRIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI MUDIRI O‘.RAJABOV 11-MAKTABDA "MUSTAQILLIK DARSI"NI O‘TIB BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O'.Rajabov 7-Yangi yo'l saylov okrugidan saylangan deputat S.Rajabovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Deputat va "Madad" hamkorligi: Yangi yo'l okrugida aholi murojaatlari tinglandi
DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI.

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi deputatlari A.Ibragimov va Sh.Berdaxov saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda 2026-yilning ikkinchi choragi davomida olib borilgan ishlari bo‘yicha hisobot berdi. Uchrashuvda "Palwash ataw," "Andijan" saylov okrugidagi saylovchilar va Bo‘zatov tumani hokimining birinchi o‘rinbosari R.Berdimuratov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputatlar 2026 yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati bo‘yicha axborot berdi.
Uchrashuvda "Palwash orol" okrugida A.Dosnazarov ko‘chasi bo‘ylab 0,3 km qismini piyodalar yo‘lagini yangidan qurish va tungi yoritgichlar qurish belgilangan bo‘lib bugungi kunda bu ishlari yopilish arafasida turganligi hamda Tashabbusli byudjetning 2026-yilgi 1-mavsumi yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalardan biri - Bo‘zatov PPJ hududidagi Quruvchi (0,33 km), T.Qayipbergenov (0,3 km), Erkin (0,4 km), Berdaq guzari (0,58 km), N.Japakov (0,62 km), ko‘chalarini jami 1632m asfaltlash boshlanish arafasida ekanini aytib o‘tdi. Shuningdek, "Andijon" saylov okrugida PQ-49-sonli qarori asosida 95V038 "Kazanketken qishlog‘i - Ko‘kchiel aholi punkti" avtomobil yo‘lining (16,7 km dan 35 km gacha) 18,3 km qismini asfaltlash va tungi yoritgichlar qurish belgilangan bo‘lib bugungi kunda bu ishlar boshlab yuborildi. Xususan, saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlar olib borilgani, fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, zarur hollarda mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olingani ta’kidlandi. Shuningdek, deputat ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashining sessiyalari va tegishli doimiy komissiyalar ishida faol ishtirok etganini ta’kidladi. Sessiyalarda hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, kommunal infratuzilmani takomillashtirish, sog‘liqni saqlash, yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobot va ma’lumotlari ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilingani qayd etildi. Axborot davomida saylov okrugida amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida mahalladagi yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ichki ko‘chalarning holati, tungi yoritish tizimi, yo‘l harakati xavfsizligi, bog‘ va xiyobonlarni obodonlashtirish va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holati bo‘yicha monitoringlar olib borilgani, aniqlangan muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berildi. Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, hududni yanada obodonlashtirish va boshqa kommunal va ijtimoiy masalalar bo‘yicha fikr-takliflar bildirildi. Har bir murojaat bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. 

Slide 1 of 6