Новости

Последние новости

янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tuman kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
🔵 DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI
янв.21
Deputatlar faoliyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
Tuman Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov hamda kotibiyat xodim N.Kurganova tomonlaridan tuman Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Madaniyat saroyining binolari, tom qismi, ichki xonalar, tomoshabinlar zali hamda sahna infratuzilmasining bugungi holati tahlil qilinib, ayrim yo‘nalishlarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, muassasada madaniy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun zamonaviy sahna jihozlari, ovoz kuchaytirish va yoritish uskunalari, sahna pardalari hamda boshqa texnik anjomlar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan madaniyat muassasalari aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida muhim o‘rin tutishi, shu bois ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Bu borada Madaniyat saroyini bosqichma-bosqich ta’mirlash, sahnani zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash, madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda muassasaning jozibadorligini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3