Новости

Последние новости

янв.21
Aholini tibbiy qo‘llab-quvvatlash: Poliklinikada bepul dorilar tarqatilishi nazorat qilindi
янв.21
Murojaat va o‘rganish: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanish ratsioni nazorat qilindi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Yangi yo'l MFYda tomorqadan unumli foydalanish amalda!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi nazorat qilinmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala dastlabki bosqichda atroflicha o‘rganildi
янв.21
Uzun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va Yoshlar maslahat guruhi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati va hudud xavfsizligi deputat e’borida
янв.21
«Chaqar» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
#haftalik_ish_reja #dasturlar_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #ekspert_guruhi 📈Investitsiya va kelajak: 1-sonli maktabda qo‘shimcha 600 o‘rinli yangi bino qurilishi va rekonstruksiya ishlari deputatlik nazoratida!
Shu maqsadda, shahar Kengashi tomonidan Termiz shahrini ijtimoiy-iytisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va «yo‘l xaritalari» ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli nazorat-tahlil tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

💬Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi rahbari, deputat A.Mustafakulov, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari R.Mamashukurov va A.Temirovlar “Ma’rifat” mahallasida bo‘ldilar.

💬Mas’ullar hududdagi 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, 2026-yilgi Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar:

🟢Qo‘shimcha yangi bino: Maktab qamrovini kengaytirish va o‘quvchi o‘rinlari taqchilligini bartaraf etish maqsadida barpo etilayotgan qo‘shimcha 600 o‘rinli yangi zamonaviy o‘quv binosining qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi;

🟢Mukammal rekonstruksiya: Maktabning mavjud o‘quv binosini zamonaviy andozalar asosida mukammal rekonstruksiya qilish, sinf xonalarini isitish va yoritish tizimlarini yangilash ishlari sifati tahlil qilindi.

💬Mas’ullar qurilish maydonchasida bo‘lib, loyiha smeta hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishi, qurilish materiallarining sifati hamda ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan yakunlash bo‘yicha pudratchi tashkilot vakillari hamda maktab ma'muriyati bilan fikr almashildi.

💬"Maktab qurilishi — bu shunchaki bino tiklash emas, bu millatimiz kelajagiga kiritilayotgan eng buyuk investitsiyadir. Shuning uchun qurilishning har bir bosqichida sifat birinchi o'rinda turishi shart. Har bir g'ishtning to'g'ri qo'yilishi, xonalarning yorug' va issiq bo'lishi bolajonlarimizning sog'lom ta'lim olishlariga xizmat qiladi. Investitsiya dasturidagi ushbu yirik loyihaning yakuniga qadar barcha jarayonlarni qat'iy nazorat qilamiz," — deya ta'kidladi ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov.

🫥Davlat dasturlari doirasida bunyod etilayotgan mazkur obyektning foydalanishga topshirilish jarayonlari Kengash huzuridagi ekspert guruhi hamda doimiy komissiyalarning doimiy nazoratida qoladi.
Slide 1 of 6