Новости

Последние новости

янв.21
Aholini tibbiy qo‘llab-quvvatlash: Poliklinikada bepul dorilar tarqatilishi nazorat qilindi
янв.21
Murojaat va o‘rganish: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanish ratsioni nazorat qilindi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Yangi yo'l MFYda tomorqadan unumli foydalanish amalda!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi nazorat qilinmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala dastlabki bosqichda atroflicha o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va Yoshlar maslahat guruhi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Uzun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati va hudud xavfsizligi deputat e’borida
янв.21
«Chaqar» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
#haftalik_ish_reja #162_qonun #yoshlar_maslahat_guruhi 🏛️Termiz shahar Kengashi huzuridagi "Yoshlar maslahat" guruhi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi a’zolari ishtirokida ishchi yig‘ilishni o‘tkazdi.

💬Uchrashuvda dastlab deputat tomonidan bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida yaratilayotgan keng sharoitlar va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

💬Shuningdek, guruh a’zolariga O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va hayotiy ahamiyati atroflicha tushuntirildi. Yoshlar maslahat guruhi o'z faoliyatida hamda yoshlar bilan muloqotlarda ushbu qonun talablariga qat’iy tayanishi lozimligi qayd etildi.

💬Yig‘ilish kun tartibida guruh faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha quyidagi muhim yo‘nalishlar belgilab olindi:

🟢Guruh faoliyatini jonlantirish: Yoshlar maslahat guruhining shahar Kengashi sessiyalari va doimiy komissiya yig‘ilishlarida yoshlar muammolari va tashabbuslariga doir takliflar bilan faol ishtirok etishini ta'minlash;

🟢Deputatlarga biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlash: Mahallalardagi ehtiyojmand va "og‘ir" toifadagi yoshlar muammolarini o‘rganishda deputatlarga ko‘makchi bo‘lish, "ustoz-shogird" an’anasi doirasida uchrashuvlarni tashkil etish;

🟢Yangi amaliy g‘oyalar tashabbuskori bo‘lish: Shaharda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni raqamli texnologiyalar (IT), tadbirkorlik va hunarmandchilikka yo‘naltirishga qaratilgan amaliy loyihalarni ishlab chiqish.

💬"Yoshlar maslahat guruhi — bu shunchaki rasmiy nom emas, balki shahrimiz taraqqiyoti hamda Kengashimiz faoliyatini yeni g‘oyalar bilan boyituvchi asosiy kuchdir. Sizlar qonunda belgilangan huquqlardan unumli foydalanib, har bir deputatning yonida eng faol ko‘makchi bo‘lishingiz, tengdoshlaringizni qiynayotgan muammolarni tizimli ravishda Kengash minbariga olib chiqishingiz lozim," — deya ta'kidladi deputat.
Slide 1 of 3