35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi deputat sifatida qonunlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Rajabova Yangi yo‘l mahallasida: Xonadonlar va ko‘chalar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi
Aholi murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi G.Isaeva doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakili bilan hamkorlikda tumandagi 19-Tim saylov okrugiga qarashli Arabota mahallasida aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor o‘rganish ishlarini olib bordi.

⚡️O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan ijtimoiy va kommunal sohadagi muammolar atroflicha o‘rganildi.

⚡️ Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi PQ-330-son qaroriga muvofiq Arabota mahallasida 60 ta yangi beton tayanch ustunlari (simyog‘ochlar) o‘rnatilgan. Shu bilan birga, ushbu yangi tayanchlar o‘rnatilishi natijasida bo‘shagan va foydalanishga yaroqli bo‘lgan eski yog‘och ustunlarni mahalla hududidagi guzarlarda yaroqsiz holga kelib qolgan elektr tayanchlari o‘rniga almashtirish zarurligi ta’kidlandi.

🔷Bundan tashqari, o‘rganish davomida mahallaning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotining yetarli emasligi, mavjud tarmoqlarga tushayotgan yuklamaning ortib borayotgani sababli qo‘shimcha transformator ajratish masalasi dolzarb ekanligi aniqlandi.

🔷Shuningdek, aholi tomonidan suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar ham ko‘tarildi. Xususan, fuqarolar tomonidan suyultirilgan gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani, ayrim hududlarga esa 100 kundan ortiq muddat davomida gaz ballonlari yetib kelmagani sababli aholi turmushida qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirildi.

🔘O‘rganish yakunlari bo‘yicha:

🔘 mahalladagi yaroqsiz elektr tayanch ustunlarini foydalanishga yaroqli eski simyog‘ochlar hisobidan almashtirish;
🔘 elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha transformator ajratish masalasini ko‘rib chiqish;
🔘 suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida va belgilangan grafik asosida yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritish belgilandi.

➡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4