35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Kengashi raisi, Kotibiyat mudiri va Xalqparvar komissiyasi a’zolari "Fayzova" MFYda o‘rganish olib bordilar
янв.21
SESSİYA QARORLARI AMALDA: ULONQUL MFYDA IJTIMOIY HIMOYA VA "YASHIL ENERGIYA"
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova o‘z deputatlik faoliyati doirasida tumandagi "Guliston" MFYda bo‘lib, hudud aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
янв.21
O‘.Rajabov hamda deputat D.Yodgorovlar xalq vakili — deputat sifatida tumandagi "Guliston" MFYda bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI XUSUSIY BOG‘CHA FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: N.Ramazonov ko‘chasidagi yo‘l ta’mirlash ishlari qat’iy nazoratda!
янв.21
QONUN TARG‘IBOTI
янв.21
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlab Kengash raisi D.Safarova boshchiligida atroflicha koʻrib chiqildi.
YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Mazkur qabulda tuman hokimi, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Abrorxo‘ja Saidaliyev, hokim o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqaroning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari, muammolari va takliflari tinglandi.

Murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalarga qaratildi:

🔹 kommunal soha — elektr energiyasi, isitish tizimi, ichimlik suvi va kanalizatsiya masalalari;
🔹 ijtimoiy himoya — kam ta’minlangan oilalar uchun imtiyozlar, moddiy yordam va subsidiyalar ajratish;
🔹 bandlik va tadbirkorlik — ishga joylashtirish, imtiyozli kreditlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashish;
🔹 huquqiy va maishiy masalalar — uy-joy ta’miri, hujjatlashtirish va mulk huquqiga oid murojaatlar.

Mazkur sayyor qabul “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonuniy ko‘rib chiqish, aholi manfaatlarini ifoda etish hamda muammolarni joyida o‘rganish vazifalari asosida o‘tkazildi.

Qabul davomida ko‘tarilgan masalalar tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqilishi va qonuniy tartibda hal etilishi belgilandi.

✅ Yunusobod tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni joyida o‘rganish va muammolarga amaliy yechim topish ishlari davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4