Новости

Последние новости

янв.21
YANGI IQTISODIY DAVR STRATEGIYASI: GLOBAL INVESTITSIYALAR VA MINTAQAVIY TARAQQIYOT UYG‘UNLIGI
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibida: Uzun tumanida “Mahalla budjeti” tizimining ijrosi deputatlar va ekspertlar nigohida
янв.21
📌 QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyati va mahalla hayoti e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati diqqat markazida: "Istiqlol" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MUHIM HUQUQIY ASOS
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
янв.21
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH – MILLAT GENOFONDI VA KELAJAGINI ASRASH DEMAKDIR!
YOSHLAR SIYOSATI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA: “SHODLIK” MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining haftalik ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov  saylov okrugidagi  “Shodlik” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi va bu boradagi amaliy ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, shahar Kengashi bosh mutaxassisi A.Temirov hamda deputat A.Karimov ishtirok etdi.
Monitoring davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Prezident farmon va qarorlari ijrosi tahlil qilindi. Shuningdek, bugungi kunda keng amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mahalladagi yoshlarning bandligi, kasb-hunarga yo‘naltirilishi, sport va madaniy tadbirlarga jalb etilishi holati o‘rganildi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati, “Yoshlar daftari” bilan ishlash samaradorligi, ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolarini hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini joyida hal etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishini ta’minlashda deputatlik nazorati muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy kuchi. Ularning bilim olishi, kasb egallashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaldagi natijadorligini ta’minlash esa barcha mas’ul tashkilotlar oldidagi ustuvor vazifalardan biridir.

Slide 1 of 2