Muqaddas maskandagi bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
🇺🇿 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 17-“Tadbirkor” saylov okrugidan saylangan deputat Boliyev Shuxrat Aliqulovich tomonidan Eshon-tepa qabristonida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida qabriston hududining sanitariya holati, amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari sifati hamda obodonlashtirish tadbirlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
📝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va hududni yanada obod qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida bo‘lib, qabriston hududini tartibli saqlash va obodonlashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.