DEPUTAT NAZORATI: MAKTABDAGI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
Yoshlarimizning zamonaviy va barcha sharoitlarga ega ta’lim maskanlarida bilim olishi — bugungi kunning eng muhim talablaridan biri.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati A.Kamolov tumanimizdagi "Saxovat" MFY hududida joylashgan 48-sonli umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida deputat quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdi:
Qurilish ishlarining sifati va loyiha talablariga mosligi;
Binoning belgilangan reja-grafik asosida o‘z vaqtida topshirilishi;
Kelgusida o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar.
Deputat ob’ektda mehnat qilayotgan quruvchilar va mas’ullar bilan suhbatlashib, ish sur’atini pasaytirmagan holda, sifatga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi hamda o‘zining zarur taklif va tavsiyalarini berdi.