Новости

Последние новости

янв.21
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH – MILLAT GENOFONDI VA KELAJAGINI ASRASH DEMAKDIR!
янв.21
Tuman Kengashi va "Madat" muassasasi hamkorligi: Aholi muammolari diqqat markazida
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi muammolar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in pallada!
янв.21
Uzunda deputatlar faoliyatida huquqiy savodxonlik va mas’uliyat — Tuman Kengashi rahbariyati diqqat markazida
янв.21
Deputat soʻrovi: "Saxovat" mahallasidagi 25-sonli bogʻchaning ichimlik suvi va yoʻl infratuzilmasi daxldor tashkilotlar e'tiborida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati va qonun ijrosi: Uzun tumanida o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
DXX Kubogi – Uzun tuman bosqichi g‘oliblari tantanali tarzda taqdirlandi
янв.21
Deputat faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
MUNOSABAT: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — tumanimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligining bosh mezonidir!
TOLMOZOR MAHALLASIDA MANZILLI IJTIMOIY YORDAM ISHLARI BILAN TANISHILDI

 TOLMOZOR MAHALLASIDA MANZILLI IJTIMOIY YORDAM ISHLARI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov tumanda
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilayotgan
ijtimoiy xizmatlar holatini o‘rganish maqsadida Tolmozor mahalla fuqarolar
yig‘inida bo‘ldi.


Xususan, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush sharoiti,
ularga ko‘rsatilayotgan moddiy va ijtimoiy ko‘mak turlari hamda amalga
oshirilayotgan manzilli yordam choralari bilan yaqindan tanishdi.


Mazkur jarayon doirasida ayrim oilalarning xonadonlariga tashrif buyurib,
ularning yashash sharoiti va ehtiyojlari o‘rganildi hamda mavjud muammolarni
hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab
berdi.


Shuningdek, mas’ullarga oilalar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni
samarali hal etish, ijtimoiy himoya tizimi orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar
samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.
  

Slide 1 of 2