Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
✔️✉️Deputat so‘rovi ijrosi qanoatlantiridi.

➡️🛫Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjiyeva Muxabbat Xaydaraliyevna tomonidan fuqarolar murojaati asosida ko‘tarilgan masala yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi vakolatli tashkilot tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

🛑Murojaatda Chilonzor tumani So‘g‘alli ota ko‘chasida joylashgan “Zarxal” to‘yxonasi qarshisidagi ko‘p qavatli uylar kirish qismida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalari va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish masalasi ilgari surilgan edi.

✔️Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan mazkur hududda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu kirish yo‘lagi berk ekanligi aniqlanib, yo‘l harakati xavfsizligini yanada kuchaytirish, transport hodisalarining oldini olish, mavjud tirbandliklarni kamaytirish hamda piyodalar harakati uchun qulay sharoit yaratish maqsadida zarur choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi.

➡️Xususan, amaldagi me’yoriy talablar asosida 5.19.1 va 5.19.2-sonli “Oxiri berk” hamda 3.24-sonli “Tezlik cheklangan (30 km/soat)” yo‘l belgilari o‘rnatilganligi rasmiy ravishda tasdiqlandi.

Mazkur holat deputatlik so‘rovlarining amaliy natijadorligini ta’minlash, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish hamda hududlarda xavfsiz va qulay infratuzilmani shakllantirish borasidagi ishlarning izchil davom etayotganidan dalolat beradi.

🤝Deputat tomonidan saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlari yechimiga ko‘maklashish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar muntazam davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3