Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
#24_ta_masala

“Ovchi” mahallasida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati А.Egamberdiyev va mahalla nuroniylari ishtirokida mazkur obyektga tashrif buyurilib, olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi o‘quv binosini barpo etish rejalashtirilgan. Ayni paytda qurilish maydonida belgilangan reja asosida ishlar izchil davom ettirilmoqda.

O‘rganishda qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, loyihaning tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 7