Новости

Последние новости

янв.21
Kengash raisi Dilorom Safarova o‘quvchilar bilan uchrashdi:
янв.21
Deputat nazorati: "Ijtimoiy reestr"dagi fuqarolarning uy-joyi obod bo‘lmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi ekspert guruhi qarorlar ijrosini qat’iy nazoratga oldi
янв.21
Uzun tumanida yoshlar ovozi: Maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
15-may — Xalqaro oila kuni
янв.21
Uzun tumanida deputatlik nazorati: Fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya jarayonlari ochiq va shaffof tarzda yoritildi
янв.21
Uzun tumanida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Uzun tumanida mahalliy budjet daromadlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari tahlil qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibi: Uzun tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalar barpo etilmoqda
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi:

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi:

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🗓 18-may, dushanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati U.Fayziyeva tomonidan "Qichqiriq" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Shuningdek, hududdagi 432- DMTTda o‘rganish ishlari olib boriladi.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 19-may, seshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati K.Gulyamova tomonidan “A.Shoshiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati 24 ta tavsiya asosida o‘rganilib, hudud aholisi turmush sharoiti, infratuzilma, sanitariya va obodonlik holati hamda mavjud muammolar joyiga chiqib organizshi yuzasidan uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 20-may, chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 30-"Chustiy" okrugi deputati B.Nurmatov tomonidan 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan saylovchilariga axborot berdi. Uchrashuv “Chig‘atoy Darboza” mahallasi hududida bo‘lib o‘tadi. Unda “mahalla yettiligi” hamda mahalla faollari ishtirok etadi.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 21-may, payshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 5-"Shodiyona" okrugidan saylangan deputat S.Yaxyayeva va “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda mahalla hududidagi aholi tomonidan bildirilgan muammolarni (24 ta tavsiya asosida) o‘rganish olib boradilar.Shuningdek tuman hududidagi 94-DMTT da o‘rganish ishlari olib boriladi.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B. Xoliqjonova


🗓 22-may, juma kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari tomonidan "M.G‘olib" mahallalarida uchrashuv tashkil etilib unda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati bo‘yicha o‘rganishlarni amalga oshiradi.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B. Xoliqjonova

📌 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 1