Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda Qiziriq tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, tuman tibbiyot birlashmasi hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tumanda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati hamda sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A. Sobirovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda tumandagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, profilaktik ko‘riklar va skrining tadbirlarining natijalari, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash hamda tizimni raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, korrupsion holatlarning oldini olish va ichki nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan axborot taqdim etildi.

Shuningdek, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi rahbarining atrof-muhitni muhofaza qilish holati, hududlarda ekologik muvozanatni saqlash, chiqindilarni boshqarish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik nazoratni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti ham eshitildi.

Bundan tashqari, tuman Davlat kadastr bo‘limida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish natijalari yuzasidan tuman Davlat kadastr bo‘limi boshlig‘ining hisoboti ham deputatlar e’tiboriga havola etildi. Hisobot davomida yer munosabatlari, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan mazkur masalalar yuzasidan qator savollar, taklif va tavsiyalar bildirildi. Xususan, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, ekologik muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, yer va kadastr tizimida qonuniylik hamda shaffoflikni ta’minlash, korrupsion omillarning oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan masalalar keng va atroflicha muhokama qilinib, taqdim etilgan hisobotlar deputatlar tomonidan ma’qullandi hamda tegishli qaror loyihalarini xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Doimiy_komissiya_yigilishi
Slide 1 of 12