Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 19-“Xidirosh” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tashabbusi bilan “Xidirsho” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

Jumladan, “Fuqarolar tashabbusi” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan mazkur mahalladagi bir qator ichki ko‘chalarda asfaltlash ishlari to‘liq yakunlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hudud infratuzilmasi yaxshilanib, aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlari yaratildi.

Shuningdek, yo‘llardan foydalanish qulayligi va xavfsizligini yanada oshirish maqsadida, tegishli tashkilotlar hamda mahalla aholisining homiylik mablag‘lari hisobidan asfalt qilingan ko‘chalarning ikki tomonini kengaytirish va betonlash ishlari tashkil etildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 5