Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "18-Bog'iston" saylov okrugi deputati Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan Uchtepa tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Karabayevga deputatlik so'rovi chiqarildi. 

  ⚠️ Ushbu deputatlik so'rovida quyidagi asosiy masalalar so'raldi:

  ✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ–311-sonli “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida Uchtepa tumanida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek 4- va 4A-ilovalar ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumot;

    ✍️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga ambulator tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish, sohaga bosqichma-bosqich davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish hamda kasalliklarni davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturini joriy qilish to‘g‘risida”gi 2024-yil 2-oktabrdagi 619-sonli qarori ijrosi doirasida tuman miqyosida amalga oshirilgan ishlar, mavjud holat va erishilgan natijalar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar;

    ✍️ hududdagi 22-, 23-, 24-, 25-, 26-, 30- va 62-sonli oilaviy poliklinikalar hamda “O‘rikzor” filialining mavjud moddiy-texnik bazasi, tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanganlik darajasi, ularning amaldagi holati va ehtiyojlari yuzasidan asoslantirilgan tahliliy ma’lumotlar yuzasidan batafsil, asosli hamda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlar haqida belgilangan muddatda yozma ravishda asosli javob yuborish so'ralmoqda.

 🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3