Новости

Последние новости

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Yoshlar bilan uchrashuv — har bir inson taqdiri e’tiborda

ashnobod tumanida yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuvlar tizimli ravishda davom etmoqda.

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Kerimov, "Katta Qo‘yliq" mahallasi raisi R. Maxkamov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi D. Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga qarashli 23-son ixtisoslashtirilgan kasalxonada bo‘lib, davolanayotgan va jazoni o‘tayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarning holidan xabar olinib, ularning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Suhbat jarayonida yoshlarning hayotga bo‘lgan qarashlarini ijobiy tomonga o‘zgartirish, to‘g‘ri yo‘lni tanlash, qonunlarga hurmat bilan yondashish, jamiyatda munosib o‘rin egallash kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Shuningdek, ta’lim olish va kasb-hunar egallash orqali kelajakni barpo etish imkoniyatlari, davlat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoit va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

A. Kerimov o‘z nutqida har bir insonga ikkinchi imkoniyat berilishi, eng muhimi esa insonning o‘z hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirishga bo‘lgan intilishi hal qiluvchi omil ekanini ta’kidladi.

R. Maxkamov esa mahalla tizimi orqali yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatga qayta moslashtirish va amaliy yordam ko‘rsatish doimiy e’tiborda ekanini qayd etdi.

Yoshlar maslahat guruhi a’zosi D. Ibragimov tengdosh sifatida yoshlarga murojaat qilib, har qanday murakkab vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish va hayotni yangidan boshlash imkoniyati mavjudligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, kelgusida to‘g‘ri yo‘lni tanlashga qat’iy qaror qilganliklarini bildirdilar.

✔️Mazkur kabi uchrashuvlar yoshlarning ongini yuksaltirish, ularni jamiyatga qayta integratsiya qilish hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1