Новости

Последние новости

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan, xususan, yoshlar va aholi uchun yaratilgan sharoitlar, sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlari, mavjud infratuzilmaning talab darajasiga javob berishi hamda sport anjomlarining yetarliligi va sifatiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, sport zallarining yoritilishi, isitish va shamollatish tizimlari, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi kabi muhim jihatlar ham tahlil qilindi.

O‘rganish davomida majmua mas’ullari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, jumladan ayrim sport jihozlarining eskirgani, yangilanishga ehtiyoj borligi hamda ayrim zallarda jihozlar yetishmovchiligi aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, deputat tomonidan sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. O‘rganish natijalari yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

Slide 1 of 4