Новости

Последние новости

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida hududni obodonlashtirish, aholiga zamonaviy dam olish maskani yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va borishi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, istirohat bog‘i hududini tartibga keltirish maqsadida poydevor ishlari to‘liq yakunlanganligi, temir to‘siqlar o‘rnatilib, bo‘yash ishlari bajarilgani qayd etildi. Favvoralar hududida kafel yotqizish ishlari to‘liq bajarilib, hozirda zamonaviy favvora jihozlarini o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, hudud bo‘ylab yangi bruschatka to‘shash ishlari yuqori sur’atda olib borilib, uning asosiy qismi yakuniga yetkazilgan.

Bundan tashqari, istirohat bog‘ida aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun mo‘ljallangan anfiteatr qurilishi izchil davom ettirilayotgani, besetkalar o‘rnatilib, dam olish maskanlari shakllantirilgani alohida e’tirof etildi. Yashil hududlarni kengaytirish maqsadida “yashil makon” tamoyili asosida ko‘chatlar ekilib, ularni parvarishlash uchun zamonaviy sug‘orish tizimlari yo‘lga qo‘yilgan.

O‘rganish yakunida mas’ullarga qurilish va obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda, sifat ko‘rsatkichlariga qat’iy rioya etgan holda yakunlash, hududni aholiga qulay va xavfsiz dam olish maskaniga aylantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📱 Telegram (https://t.me/TV_Kengash) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/toshkent_viloyati_kengashi) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61577107284073&locale=ru_RU)

Slide 1 of 2