Новости

Последние новости

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida “Yuqori Beshqorg'on” mahallasida ayollar uchun ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida “Yuqori Beshqorg'on” mahallasida ayollar uchun ochiq muloqot o‘tkazildi

 Olmazor tumani "Yuqori Beshqo‘rg‘on" MFY yig'inida xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva va Olmazor tuman hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xashimovalar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad – hududda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning murojaatlarini bevosita tinglash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlikka ko‘maklashish, ijtimoiy yordam olish, sog‘liqni saqlash masalalari, oilaviy sharoitlarni yaxshilash bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa ijroga qaratilib, deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushunchalar berildi. Shu bilan birga mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududda yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, xotin-qizlar va ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini kuchaytirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda jinoyatchilikning oldini olish masalalari doimiy e’tiborda ekanligi ta’kidlanildi.

 Mazkur sayyor qabul xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mahalla darajasida manzilli ishlash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 9