Новости

Последние новости

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Yoshlar masalalari muhokama markazida

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan "Yoshlar maslahat guruhi" faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova hamda "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida:

🔹 hududdagi yoshlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish mexanizmlari,

🔹 yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,

🔹 qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish,

🔹 yoshlar bandligi, ta’limi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, "Yoshlar maslahat guruhi"ning asosiy vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilib, amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4