Новости

Последние новости

Yashil makon tamoyili, bolalarni sportga jalb etish

Maktab hududida daraxt va manzarali ko‘chatlar ekilib, atrof-muhitni yanada obod qilish, ekologik muhitni yaxshilash, shuningdek, yosh avlodda tabiatga mehr va mas’uliyat hissini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, maktabda o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanishga yaratilgan sharoitlar ham o‘rganilib, sport zali va sport maydonining holati, mavjud jihoz va anjomlar ta’minoti tahlil qilindi. O‘quvchilarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida o'quvchilarga sport kiyimlari topshirildi.

Slide 1 of 3