Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.

🏅 Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati A.Ishchanov viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan Shovot tumani “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

🔹 Investitsiya dasturlari: Hududda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi va sifat ko‘rsatkichlari ko‘zdan kechirildi.

🔹 Bo‘sh turgan bino va inshootlar: Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2026-yil yanvar oyida o‘tkazilgan xatlov natijalarini qayta tahlil qilish uchun tuman kadastr bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

🔹 Xotin-qizlar tadbirkorligi: Mahalla hududida tikuvchilik sexini tashkil qilgan tadbirkor ayolning murojaati tinglandi. U auksion orqali sotib olgan joyda qurilish ishlarini qisqa muddatda boshlashi uchun hokim yordamchisiga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

✅ Xalq vakili tomonidan hududlardagi muammolarni bartaraf etish va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 4