Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Axborot maydonida mahalliy Kengashlar faoliyatini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi

Axborot maydonida mahalliy Kengashlar faoliyatini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi

 Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati hamkorligida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

 Seminar davomida ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqlarning hozirgi jamiyatdagi rolini yangicha nuqtayi nazardan baholadi. Raqamli platformalar endi oddiy axborot tarqatish vositasidan ko‘ra kengroq vazifani bajarayotgani, davlat organlari bilan aholi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatishning, ochiqlikni ta’minlashning va jamoatchilik ishonchini mustahkamlashning muhim mexanizmiga aylanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

 Tadbirda mahalliy Kengashlarga berilgan keng vakolatlarga e’tibor qaratilib, ayrim holatlarda axborot-targ‘ibot ishlarining tizimli yo‘lga qo‘yilmagani fuqarolarning deputatlik faoliyatiga bo‘lgan munosabati va ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ochiq muhokama qilindi. Bu masala ishtirokchilar tomonidan jiddiy muammo sifatida baholandi.

 Seminar kun tartibida rasmiy sahifalarni muntazam va sifatli yuritish, ularning mazmunan boy hamda jamoatchilik uchun qiziqarli bo‘lishini ta’minlash masalalariga alohida o‘rin ajratildi. 

 Shuningdek, deputatlik so‘rovlari, sessiyalar va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tezkor hamda xolis yoritishning aniq usullari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilarga mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar taqdim etildi.

Slide 1 of 3