Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Jizzax viloyatiga Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi delegatsiyasi tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirishga oid farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

Andijon viloyati Kengashi raisi U.Axunov boshchiligidagi delegatsiyasi Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi binosiga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab mahalliy deputatlar faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy ish uslublari hamda Kengash faoliyatining tashkiliy jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan samarali ishlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi ilg‘or tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Tomonlar bu kabi tajriba almashuv tashriflari hududlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Slide 1 of 5