Новости

Последние новости

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Tuykulova Nodira Mirsabitovna tomonidan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosi yuzasidan 136-sonli umumta'lim maktabida o'rganish olib bordi. 

Xususan, bugungi kunda maktab quvvati 260 oʼquvchi oʼrniga moʼljallangan boʼlib, 2025-2026 oʼquv yili uchun 510 nafar oʼquvchi bilim olmoqda, shundan qiz-bola oʼquvchilar soni 235 nafarni tashkil etib, umumiy sigʼim 1,9 koeffitsientni tashkil etishi maʼlum boʻldi. 2025-2026 oʼquv yilida maktabda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari qayd etilmagani mas'ullar tomonidan ma'lum qilindi.

Oʻrganish jarayonida "M.Uyg'ur" mahalla fuqarolar yig'ini raisi Sh.Muzrabekov ishtirok etib, taʼlim muassasasida profilaktika ishlarining holati, yoshlar bilan ishlash boʻyicha masʼullar tomonidan olib borilayotgan ishlar va ichki ishlar organlari va profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda nazoratsiz qolgan yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmaganlar bilan ishlash tizimi ko'rib chiqildi. 

Oʻrganish davomida ayrim holatlarda individual yondashuvning yoʻqligi qayd etib o'tildi hamda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga profilaktika ishlarini kuchaytirish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangi tashabbuslarni tadbiq etish to'g'risida tavsiyalar berildi.

️Oʻrganish yakunida deputat N.Tuykulova tomonidan mazkur Qonun voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni kamaytirish, ularni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirish va barkamol avlodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi hamda bu sohada barcha davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek, ota-onalarning hamkorligi hal qiluvchi oʻrin tutishini ta’kidladi.

Slide 1 of 1