Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish-rejasi
янв.21
UZUN TUMANIDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH MASALALARI MASOFAVIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputatlik nazorati: "Xatib qahramon" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi vakillari Do‘stlik mahallasida o‘rganishlar olib bordi
янв.21
Deputat okrugida o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputatlar maktablardagi sport sharoitlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
Deputat A.Bakiyev va kotibiyat xodimi Sh.Ergasheva xonadonlarda: Amaliy muloqot va natijadorlik tahlili
янв.21
Uzun tumanida islohotlar natijadorligi: "Erkinlik" mahallasi misolida
янв.21
Deputat va kotibiyat hamkorligi: Mahalladagi o‘rganishlar tahlil markazida
янв.21
DEPUTATLAR MAHALLALARDAGI ISLOHOTLAR IJROSINI O‘RGANMOQDA
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

“Ijtimoiy reyestr asosida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 35-sonli qarori ijtimoiy yordamning samaradorligini oshirishga qaratilgan.

⚫️Mazkur qaror “kambag‘allikdan farovonlikka” tamoyili asosida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni muhtojlikdan chiqarish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamni manzilli va tizimli tashkil etishni nazarda tutadi.

⚫️Qarorga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan

oila a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish

ularning bandligini ta’minlash, doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish

tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish. Shuningdek, mahalla darajasida faoliyat yurituvchi “mahalla yettiligi” zimmasiga muhim vazifalar yuklatilgan. Ularning asosiy vazifasi — ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning real holatini o‘rganish, muammolarini aniqlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

⚫️Qaror doirasida oilalarni qo‘llab-quvvatlashning quyidagi asosiy turlari belgilangan.

⚫️Ta’lim sohasida — bolalar uchun bog‘cha to‘lovlarini qoplash, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun kontrakt to‘lovlariga ko‘maklashish

⚫️Tibbiyot sohasida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda zarur hollarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish

⚫️Uy-joy masalasida — ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish yoki uy-joyni ta’mirlash uchun subsidiya ajratish

⚫️Bandlik yo‘nalishida — tomorqadan samarali daromad olish uchun issiqxonalar tashkil etish, zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

Ushbu qaror orqali ijtimoiy yordam tizimi yanada takomillashtirilib, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning samarali va barqaror mexanizmlari joriy etilishi ko‘zda tutilgan

Slide 1 of 1