Новости

Последние новости

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Axborot maydonida mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Axborot maydonida mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

 Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi hamda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati hamkorligida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

✅ Seminar davomida ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqlarning bugungi jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yangi yondashuvlar asosida tahlil qildilar. Ta’kidlanganidek, raqamli platformalar endilikda nafaqat axborot tarqatish vositasi, balki davlat organlari va aholi o‘rtasida ochiq muloqot o‘rnatish, ishonchni mustahkamlash hamda shaffoflikni ta’minlashning muhim vositasiga aylanib bormoqda.

✅ Tadbirda mahalliy Kengashlarga berilgan keng vakolatlar muhokama qilinib, ayrim holatlarda axborot-targ‘ibot ishlarining yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani fuqarolarning deputatlik faoliyatiga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ochiq muhokama qilindi. Ushbu holat ishtirokchilar tomonidan dolzarb muammo sifatida e’tirof etildi.

✅ Seminar kun tartibida rasmiy sahifalarni muntazam yuritish, ularning mazmunan boy, dolzarb va jamoatchilik uchun qiziqarli bo‘lishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👍 Shuningdek, deputatlik so‘rovlari, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini tezkor, xolis va sifatli yoritish bo‘yicha aniq mexanizmlar ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilarga ushbu yo‘nalishlar yuzasidan amaliy tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

✅ Mazkur seminar hududlarda axborot siyosatini yanada takomillashtirish, Kengashlar faoliyatining ochiqligini oshirish va jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅@sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 6