Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish-rejasi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING HAFTALIK SARHISOBI (2026-yil 13–17-aprel)
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish Uzun tumani Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Inson huquqlari va xavfsizlik: Deputatlar va mutasaddilar bir davra atrofida
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: DORILAR TA’MINOTI VA MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
O‘rmonchi mahallasida deputatlik nazorati: Ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash va mahalla yettiligi faoliyati e’tiborda
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Mahalladagi o‘zgarishlar va ijtimoiy masalalar deputatlar e’tiborida
янв.21
“Malandiyon” mahallasida imtiyozli kreditlar samarasi deputat nigohida
янв.21
Hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi
Deputat nazorati: markaziy sayilgohdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan tuman markaziy sayilgohida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sayilgoh hududida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, ularning sifati, belgilangan loyiha asosida olib borilayotgani hamda ishlarning muddatlariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, piyodalar yo‘laklari, o‘rindiqlar, yoritish tizimi va bolalar maydonchalari holati ham ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan sayilgohni aholining sifatli dam olishi uchun qulay va zamonaviy maskanga aylantirish, fuqarolar uchun xavfsiz va shinam muhit yaratish muhimligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4