Новости

Последние новости

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-Xisorak saylov okrugidan saylangan deputat Salimboyev Xasan Dilmurodovich tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Quyosh” mahalla fuqarolari yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil mobaynida saylov okrugi tarkibiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi. Jumladan hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yaxshilash, aholi murojaatlari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna etdi hamda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan mahalladagi dolzarb muammolar, jumladan, infratuzilma, kommunal xizmatlar sifati hamda ijtimoiy masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 4