Новости

Последние новости

янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING HAFTALIK ISH REJASI (13-17-APREL)
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi — taraqqiyot garovi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
Deputat “Yangiro‘zg‘or”da yangi bino qurish tashabbusi bilan chiqdi.
янв.21
Uzun tumani FHDYo bo‘limi deputatlar nazoratida
янв.21
Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !
янв.21
Mahalla aholisini qiynab kelayotgan yo‘l masalasida deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovlari orqali amaliy hamkorlik va ijobiy yechim
янв.21
Deputat faoliyati: Muammolar joyida o'rganilmoqda
Piyodalar harakati uchun muhim bo‘lgan ko‘prik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod MFY saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov tomonidan Yangiobod mahallasida joylashgan piyodalar ko‘prigi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur ko‘prikdan ko‘p qavatli uylarda hamda yangi qurilgan xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholi, shuningdek o‘quvchilar tomonidan maktab, bog‘cha va turli muassasalarga qatnovda keng foydalanilayotgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, mahalla aholisining qariyb 40 foizi ushbu ko‘prik orqali piyoda harakatlanadi, bu esa uning hudud infratuzilmasidagi muhim ahamiyatini ko‘rsatadi.
Mazkur holatni inobatga olib, ko‘prikdan xavfsiz va qulay foydalanishni ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi chiqarish belgilandi.

Masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3