Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida ijtimoiy himoya va imtiyozlarning qo‘llanilishi deputatlar nazoratida.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani kengashi raisi Erkinjon Normurodovich Jo‘rayev hamda tuman kengashi deputati X.Abdimo‘minov ishtirokida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

✅Deputatlar tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning amaldagi holatini o‘rgandilar.

✅O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

📱Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida tayinlanishi;

📱Reabilitatsiya texnik vositalari (arvachalar, eshitish moslamalari va h.k.) bilan ta’minlanish darajasi;

📱Markazda yaratilgan sharoitlar va xodimlarning fuqarolar bilan ishlash etikasi.

✅"Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, hech bir inson e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Bizning maqsadimiz — qog‘ozdagi imtiyozlar amalda har bir muhtoj fuqaroga yetib borishini ta’minlashdir", — dedi tuman kengashi raisi E. Jo‘rayev.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7