Новости

Последние новости

янв.21
Deputat nazorati: "Ijtimoiy reestr"dagi fuqarolarning uy-joyi obod bo‘lmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi ekspert guruhi qarorlar ijrosini qat’iy nazoratga oldi
янв.21
Uzun tumanida yoshlar ovozi: Maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
15-may — Xalqaro oila kuni
янв.21
Uzun tumanida deputatlik nazorati: Fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Sessiya jarayonlari ochiq va shaffof tarzda yoritildi
янв.21
Uzun tumanida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Uzun tumanida mahalliy budjet daromadlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari tahlil qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibi: Uzun tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalar barpo etilmoqda
янв.21
Sessiya kun tartibida tuman IIB boshlig‘ining 2026-yil I choragi davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash holati bo‘yicha hisoboti tinglandi
Navbatdagi sessiya

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimligi katta majlislar zalida VII chaqiriq Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

Bo‘ka tumanida 2026-yilda 7-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar ro‘yxatini tasdiqlash, ularning muammolarini tizimli ravishda hal etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida;

Bo‘ka tumanida ijtimoiy reyestrdagi I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlari ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish ijtimoiy loyihasini moliyalashtirish ro‘yxatini ma’qullash to‘g‘risida

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori D.Umarovning “infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi mablagʻlarini maqsadli sarflanishi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida

Bo‘ka tumanida yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini oʻrganish hamda kadastr boʻlimlarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risida;

Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining 2026-yil 20-yanvardagi VII-24-5-10-137-K/26-sonli qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.

Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashining 2026-yil 24-fevraldagi VII-28-21-10-137-K/26-sonli qarorini qonunga muvofiqlashtirish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra “g‘olib” takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida.

Sessiya yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 10