Новости

Последние новости

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Tuman markazidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari deputatlar nazoratida

 Tuman markazidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari deputatlar nazoratida 

Quva tuman markazida joylashgan “Alisher Navoiy”
nomli ko‘ngilochar istirohat bog‘ini zamonaviy talablar asosida qayta barpo etish
ishlari izchil davom etmoqda. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal
kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni
amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-132-son Qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga
oshirilmoqda. 

Qarorga muvofiq, Quva tuman markazidagi mazkur istirohat
bog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida 7,8 gektar maydonda rekonstruksiya qilish
rejalashtirilgan bo‘lib, unda bolalar uchun zamonaviy o‘yingohlar, savdo va ovqatlanish
konteynerlari, mehmonxona, yopiq akvapark, yoshlar markazi hamda aholi dam olishi
va vaqtni mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladigan turli ko‘ngilochar xizmatlar tashkil
etilishi ko‘zda tutilgan. 

Ayni kunlarda qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda
olib borilmoqda. Loyiha doirasida hududni obodonlashtirish, yashil hududlar yaratish,
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda xavfsiz va qulay infratuzilmani
shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputatlari olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish,
loyihaning amalga oshirilish holatini o‘rganish hamda belgilangan vazifalar ijrosi
ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida istirohat bog‘iga tashrif
uyushtirdilar. Tashrif davomida deputatlar tomonidan ishlar sifati, belgilangan
muddatlarga rioya etilishi hamda aholi manfaatlarini inobatga olgan holda loyihani
samarali amalga oshirish masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar
bildirildi.  

Slide 1 of 9