Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
🛣 MAKTAB YO‘LIDAGI MUAMMO NAZORATGA OLINDI

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Safarova Gulmira Karimovna tomonidan Mohpar mahallasidagi muammo yuzasidan rasmiy deputat so‘rovi chiqarildi.

Aholi va “mahalla yettiligi” bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Mohpar qishlog‘ida joylashgan 83-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi ichki yo‘lning ahvoli qoniqarsiz ekani bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

📌 Mazkur yo‘l:

yomg‘irli mavsumda loyqa holatga kelib qolmoqda;

yoz oylarida kuchli chang ko‘tarilmoqda;

o‘quvchilar va mahalla aholisi uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Shu munosabat bilan Ishtixon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Ibragimov nomiga yo‘lni shag‘allashtirish hamda zarur tartibda ta’mirlash masalasida deputat so‘rovi yuborildi. Qonunchilikka muvofiq, so‘rovga 10 kun muddatda asoslantirilgan javob taqdim etilishi lozim.

⚖️ Masala jiddiy e’tibor talab qiladi

Maktabga olib boruvchi yo‘l oddiy infratuzilma emas, bu bolalarning har kunlik xavfsiz harakati bilan bog‘liq masaladir. O‘quvchilarning loy va chang ichida maktabga qatnashi to‘g‘ri emas.

Aholining haqli murojaatlari asosida ko‘tarilgan ushbu masala ijrosi deputat tomonidan nazoratga olingan. Mas’ul tashkilotlardan muammoni qisqa muddatda ijobiy hal etish kutilmoqda.

Maktab yo‘li — farzandlarimiz kelajagiga eltuvchi yo‘l. Bu masala yechimsiz qolmasligi kerak. 

Slide 1 of 2