Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Humo mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Vasila Soliyeva tumandagi Humo mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini atroflicha o‘rgandi.

Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchisi hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududdagi kriminogen vaziyat, so‘nggi davrda qayd etilgan huquqbuzarliklar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari hamda profilaktik tadbirlar samaradorligi muhokama qilindi.

Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va turli salbiy illatlarning oldini olish, ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tungi nazorat reydlarini kuchaytirish, huquqbuzarlikka moyil shaxslar bilan individual profilaktik suhbatlar o‘tkazish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada faollashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

O‘rganish jarayonida mahallada mavjud muammolar, jumladan, ayrim ko‘chalarda yoritish tizimini yaxshilash, nazorat kameralari o‘rnatish, yoshlarni sport va to‘garaklarga kengroq jalb etish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishlarda tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Deputat tomonidan jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning murojaatlari bilan tizimli ishlash hamda mahallada tinch va osoyishta muhitni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi o‘rganish va monitoring ishlari hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning osoyishta hayot kechirishi hamda mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3