Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTAT VA XALQ MULOQOTI: “O‘ZBEKISTON” MFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: “ERKINLIK” MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI NAZORATGA OLINDI
янв.21
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR Joyida O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA 24 TAVSIYA IJROSI AMALDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA SHAFFOFLIK DIQQAT MARKAZIDA
Har bir tumanda sanoat klasterlari – yangi ish o‘rinlari va eksport salohiyati manbai

 Mebel sohasida misli ko‘rilmagan yondashuv joriy etilmoqda. Uy sharoitida ishlab chiqarayotgan mebelsozlar endilikda 5 nafargacha ishchi yollab, rasmiy faoliyat yuritishlari mumkin. Ular uchun 5 milliard so‘mgacha 18 foizlik kredit ajratilishi,
shuningdek, “Mebelchilik markazi” kabi klasterlarning yaratilishi — bu tumanlar kesimida sanoatning sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishidir. Ana shunday markazlar bizning tumanimizda ham tashkil qilinib, yoshlarimiz va iqtidorli
hunarmandlar zamonaviy texnologiyalar asosida mehnat qilsa, eksport hajmini bir necha barobar oshirishimiz mumkin.
 

Zargarlik sohasida esa eng katta yangilik — yakka tartibdagi tadbirkorlar ham endilikda rasmiy tarzda tilla buyumlarini savdo qilishga haqli bo‘lishidir. Bu esa ko‘p yillar davomida “soya iqtisodiyoti”da bo‘lgan faoliyatni qonuniylashtirish, yirik brendlar
yaratish va sanoat usulida ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘l ochadi. Davlatimiz tomonidan xorijdan olib kelinadigan dizaynerlar, texnologlar, gemmologlar xizmat haqi uchun xarajatlarning ma’lum qismi qoplab berilishi esa,
sohada xalqaro tajribani jalb qilish uchun kuchli motivatsiyadir.
 

Qurilish materiallari sohasida esa sifatni oshirish, import o‘rnini bosish va eksport salohiyatini shakllantirish yo‘lida 68 ta xalqaro standart joriy etiladi. Bu esa mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, aholiga arzon va sifatli
qurilish materiallari yetkazib berishga xizmat qiladi.
 

Shu bois, tuman Kengashi deputatlari sifatida bizlar tuman kesimida, ayniqsa yuqoridagi ustuvor sohalarda faoliyat yuritayotgan korxonalar bilan yaqindan ishlashimiz, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini aniqlab, amaliy yordam ko‘rsatishimiz lozim.  

Slide 1 of 1