Новости

Последние новости

Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi

  Qayd etilishicha, yakunlangan 2025-2026 o‘quv yilida tuman bo‘yicha umumta’lim maktablarini jami 2 ming 246 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ulardan 9 nafari oltin, 3 nafari kumush medalga munosib, deb topildi. Bundan tashqari, qator bitiruvchilar muddatidan oldin oliy ta’lim dargohlari talabasi bo‘ldi. 

O‘z bilimi va salohiyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarga oltin va kumush medallar hamda esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi. Zukko va intiluvchan yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalar, ta’lim bergan ustozlar mehnati alohida e’tirof etildi. 

    Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1