35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-405-son qarorining tumandagi ijrosini samarali ta’minlash masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida ekspert guruhi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilab olindi:
🔹 hujjatlarda korrupsiyaviy omillar va gender tengligi masalalari yuzasidan tahlillar olib borish;
🔹 nazorat-tahlil tadbirlarini tizimli tashkil etish;
🔹 jamoatchilik fikrini o‘rganish va tahliliy xulosalar tayyorlash;
🔹 deputatlar bilan uchrashuvlarda faol ishtirok etish.

Slide 1 of 3