Новости

Последние новости

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Aholi murojaati asosida yo‘l qurilishi vaqtincha to‘xtatildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.Ochilov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Doniyorov tomonidan Shombuloq MFYda yashovchi fuqarolarning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish natijasida fuqarolar bildirgan e’tirozlar asosli ekani aniqlandi. Xususan, “Ochiq budjet” dasturi doirasida g‘olib bo‘lgan yo‘l qurilish ishlari sifatsiz bajarilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan yo‘l qurilish tashkiloti rahbari hamda mas’ul hokim o‘rinbosari ishtirokida muhokama o‘tkazilib, holatga aniqlik kiritish maqsadida ekspertiza tayinlandi. Shuningdek, yo‘l qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatildi.

Mazkur masala to‘liq nazoratga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 1