Новости

Последние новости

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
#Deputat_soʻrovi_ijrosi #Oltinsoy_tumani #Jiyanbobo_MFY #Polvon_ota_ko_chasi #Aholi_murojaati #Infratuzilma

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati A’zamat Karamatovich Mamatmuratov tomonidan “Jiyanbobo” mahallasi hududidagi “Qoratepa” va “Guliston” mahallalarini bog‘lovchi Polvon ota ko‘chasining 1 650 metr qismini asfaltlash masalasida Oltinsoy tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur so‘rov yuzasidan Oltinsoy tuman hokimi o‘rinbosari Sh. Mo‘minovdan rasmiy javob xati keldi.

🛠 Javob xatida ma’lum qilinishicha: Tuman hokimligining mas’ul mutaxassislari hamda tegishli soha vakillari joyiga chiqqan holda Polvon ota ko‘chasining texnik holatini atroflicha o‘rganib chiqdilar.

Murojaatda keltirilgan hudud ahvolini hamda fuqarolarga qulay transport qatnovini ta’minlash zaruriyatini inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori doirasida:

📌 “Jiyanbobo” mahallasi Polvon ota ko‘chasining 1 650 metr qismini asfaltlash va ta’mirlash ishlari 2027-yilgi manzilga yo‘naltirilgan dasturga kiritilishi hamda belgilangan tartibda moliyalashtirish manbalari va qurilish-ta’mirlash ishlari rejalashtirilishi ma’lum qilindi.

Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi hamda ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash ishlari tuman hokimligi va deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 2