Новости

Последние новости

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Deputat_daftar

Aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida uyma-uy o‘rganish va aholi bilan ochiq muloqotlar olib borilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 7-“Oqarbuloq” saylov okrugidan saylangan deputati Mordanova Munira Jobborovna tomonidan saylov okrugidagi xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolarning murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari o‘rganildi.

📍 O‘rganish davomida:

✅ Aholi muammolari joyida o‘rganildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning yashash sharoitlari bilan tanishilib, xususan, toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo aniqlandi.

✅ Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Aholining murojaat va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✅ Deputatlik so‘rovi yuborildi. Aniqlangan muammoni qonuniy tartibda hal etish va fuqarolar murojaati yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi ustidan nazorat olib borish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Deputat va xalq muloqoti — muammolar yechimi va aholi manfaatlarini ta’minlashning muhim omili!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3