Новости

Последние новости

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish: ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Deputatlik nazorati, saylovchilar bilan muloqot va qonunlar ijrosi — mahalliy Kengashlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.

Viloyatda faoliyat yuritayotgan mahalliy Kengashlar ishini yanada takomillashtirish, deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Kengash kotibiyatlari xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan Oliy Majlis Senati huzuridagi markaz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, mahalliy Kengashlarning haftalik ish rejalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda deputatlik faoliyati natijadorligini oshirish masalalari o‘rin oldi.
Muhokamalar davomida deputatlar faoliyati uchun belgilangan 24 ta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalardan kelib chiqib, har bir deputatning o‘zi saylangan saylov okrugida deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etishi, saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazishi va aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, 162 ta eng muhim qonun ijrosini o‘rganish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali hududlardagi dolzarb masalalarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish, shuningdek, Kengash qarorlarining qonuniyligi va huquqiy asoslari to‘g‘riligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari xodimlari ham amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi. O‘zaro fikr almashish jarayonida ishlarni samarali tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini tizimli nazorat qilib borish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida mahalliy Kengashlar faoliyatida mas’uliyat va natijadorlikni oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Asosiy maqsad — mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlarning saylovchilar oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish va hududlardagi muammolar yechimida xalq vakilligining ta’sirchanligini oshirish.

Slide 1 of 3