Новости

Последние новости

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri A.Abduraxmanov hamda 31-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati M.Sulaymonov, Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati J.Mamadaliyev, kotibiyat mudiri N.Turdiyevlar “Bo‘ston” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son Farmoni ijrosini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihaning amalga oshirilish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Faol hayot” ayollar va yoshlar nodavlat notijorat tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi grantini qo‘lga kiritgan. Loyiha uchun mahalla binosidan joy ajratilgan bo‘lsa-da, zarur uskunalar to‘liq yetkazib berilmagani sababli uni amaliyotga joriy etish kechikkan.
Mazkur masala yuzasidan respublika jamoat fondi rahbari O. Xasanov, viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari assotsiatsiyasi rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sh. Mamaraximov, loyiha tashabbuskorlari hamda mahalla faollari ishtirokida muhokama o‘tkazildi.
Muhokama yakunida loyihani qisqa muddatda ishga tushirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va 20 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mas’ullarga loyihani bir hafta muddatda amaliyotga joriy etish topshirildi.

Slide 1 of 4