Новости

Последние новости

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “24-Irg‘oli” saylov okrugi deputati Y.Boyigitov hududidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi A. Ismoilov hamda Xalq demokratik partiyasi Bag‘dod tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilarning futbol bilan shug‘ullanishi uchun maxsus futbol maydonchasi mavjud emasligi aniqlandi. Mazkur holat o‘quvchilarning sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish zarurligini ko‘rsatdi.

✅ O‘rganish yakunida aniqlangan muammo deputatning “Muammolarni qayd etish” daftariga qayd etildi. Ushbu masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda futbol maydonchasini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

⚡️ Muammoning ijobiy hal etilishi, o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish va amalga oshiriladigan ishlarning natijadorligi deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5