Новости

Последние новости

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA

YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA

Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati, tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev boshchiligidagi sektor rahbarlari Paxtakor mahallasida joylashgan 1-sonli sport maktabida bo‘lib, kurash sport turini yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdilar.

Tashrif davomida sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kurash to‘garaklari faoliyati hamda sportchilarning mashg‘ulotlar bilan qamrab olinishi holati o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida milliy sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, kurashni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan kurashni rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6